Apple HomeView, HomePod Mini 2 va yangilangan Apple TV 4Kʼni taqdim etdi
Yangi qurilmalar Apple ekotizimi bilan ishlaydi hamda aqlli uyni boshqarish, videqoʻngʻiroqlar va shaxsiylashtirilgan sozlamalarni qoʻllab-quvvatlaydi, deya xabar berdi Apple.

Условия / Shartlar / Terms
Apple.com - официальный сайт Apple · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателяApple kompaniyasi aqlli uyni boshqarish uchun displeyga ega birinchi qurilma — HomeViewʼni taqdim etdi. Qurilma 7 dyuymli ekran, FaceTime uchun 12 megapikselli kamera va oltitagacha foydalanuvchini tanib olish funksiyasi bilan jihozlangan. Narxi — 299 dollar, u toʻrt xil rangda mavjud.
Shuningdek, 149 dollarlik yangilangan HomePod Mini 2 ham taqdim etildi. Qurilma Wi-Fi 6E, Bluetooth 6, shuningdek Thread va Matter texnologiyalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Yangi «sound glow» funksiyasi yoritishni musiqa muqovasi rangiga moslaydi.
Toʻrtinchi avlod Apple TV 4K Siri orqali pultsiz ovozli boshqarish uchun toʻrtta mikrofon oldi. Narxi — 299 dollar. Qurilmalar qatoriga LG va Schneider Electric kompaniyalarining kameralari, eshik qoʻngʻirogʻi va termostatlari ham kiritilgan, biroq ularning sotuvga chiqish sanasi eʼlon qilinmagan.
Yana oʻqing

