General Motors 2028 yilgacha yangi avtopilot tizimini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
Kompaniya yoʻlga qaramaslik va rulni qoʻllar bilan ushlamaslik imkonini beradigan texnologiyani joriy etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi CNBC.

Условия / Shartlar / Terms
PrtScr - Cadillac.com - Официальный сайт производителя · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателяGeneral Motors bosh direktori Meri Barra kompaniya 2028 yilgacha “koʻzlar yoʻldan uzilgan, qoʻllar ruldan olingan” tamoyiliga asoslangan avtonom boshqaruv texnologiyasini taqdim etishni rejalashtirayotganini tasdiqladi.
Tizim dastlab elektr dvigatelli Cadillac Escalade IQ avtomobilida paydo boʻladi, keyin esa boshqa modellarga ham joriy etiladi. Mavjud Super Cruise tizimidan farqli ravishda, yangi texnologiya muayyan sharoitlarda haydovchiga yoʻldan chalgʻish imkonini beradi.
Barra yaqinda tizimning yangilangan versiyasini sinab koʻrganini va erishilgan taraqqiyotdan mamnun qolganini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, GM robotaksi bozoriga emas, shaxsiy avtomobillar uchun avtonom tizimlarga eʼtibor qaratadi. Kompaniya robotaksi yoʻnalishidan 2024 yil dekabrida voz kechgan.
Yana oʻqing

