RUUZЎЗEN
Soʻnggi yangiliklarBugun: Payshanba, 15-oktabr 2026-yil
MB kursi1 USD 11963.16 UZS1 EUR 13390.36 UZS1 RUB 142.33 UZS
Oʻzbekiston

Navoiyda yangi hokim tayinlandi

Bobir Islomov energetika kompaniyasidagi faoliyatidan soʻng shahar hokimi boʻldi, deya viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muharrir: Азиза15-oktabr, 11:42
gazeta.uz — Фото: Хокимият Навоийской области — Прессматериал правообладателя
Условия / Shartlar / TermsФото: Хокимият Навоийской области · Размер и формат изменены для сайта; метаданные файла удалены · Прессматериал правообладателя

Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati Bobir Islomov Navoiy shahri hokimi lavozimiga tayinlanganini maʼlum qildi. U bungacha «Mintaqaviy elektr tarmoqlari» kompaniyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab, elektr tarmoqlaridan foydalanish masalalariga masʼul boʻlgan.

Islomov 1981 yilda Navbahor tumanida tugʻilgan. U uchta oliy taʼlim muassasasini: Navoiy davlat konchilik instituti, Buxoro texnologiya instituti va Oliy biznes maktabini tamomlagan. Hokim lavozimida u shaharni 2023 yil iyulidan beri boshqarib kelgan Dilmurod Ergashevning oʻrnini egalladi.

Manba: Gazeta.uz

Yana oʻqing