Tesla uchuvchi Roadster sportkarini namoyish etdi
Tesla kompaniyasi Texasdagi SpaceX sinov poligonida Roadster elektr sportkarining ikkinchi avlodini taqdim etdi. Taqdimot davomida yangi avtomobil imkoniyatlarini namoyish etuvchi hayratomuz tryuklar koʻrsatildi.

Namoyish vaqtida Roadster baland, egri rampaga koʻtarildi va gʻildiraklari yuqorida holda yuqoriga qarab harakatlandi. Shundan soʻng elektromobil konstruksiyadan uzilib, havoda aylanib oʻtdi va silliq tarzda yerga qoʻndi. Keyin sportkar Teslaʼning bir nechta avtomobili ustidan sakrab oʻtib, yana bir havodagi manyovrni bajardi.
Tryuklarni bajarish uchun pastga bosuvchi kuchni taʼminlaydigan ventilyatorlar tizimi hamda SpaceX bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan gaz dvigatellaridan foydalanildi. Shuningdek, kompaniya Roadsterʼning 97 km/soat tezlikka bir soniyadan kamroq vaqtda erishishini namoyish etdi.
Ilon Mask sportkarni seriyali ishlab chiqarishni 2028-yilda boshlash rejalashtirilayotganini aytdi. Biroq bunday texnologiyalardan umumiy foydalanishdagi yoʻllarda foydalanish imkoniyati hozircha savol ostida qolmoqda.
