AQSh davlat kotibi Marko Rubio Samarqandga tashrif buyuradi
Samarqandda C5+1 formatidagi uchrashuv boʻlib oʻtadi. Delegatsiya tarkibida AQSh yirik biznesi vakillari ham boʻladi, deya xabar berdi AQSh Davlat departamenti.
Muharrir: Азиза15-oktabr, 18:24

commons.wikimedia.org — U.S. Department of State — Public domain — Secretary Rubio Departs JBA · Изменён размер и формат файла.
Marko Rubio AQSh va Markaziy Osiyoning besh davlati — Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston — tashqi ishlar vazirlari uchrashuvida ishtirok etadi. C5+1 formati 2015-yildan beri amal qiladi va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Davlat kotibi bilan birga Oʻzbekistonga Amerika kompaniyalarining 200 nafardan ortiq vakili keladi. Savdo-iqtisodiy va energetika masalalarini muhokama qilish uchun Hindiston rasmiylari hamda ishbilarmon doiralari bilan ham uchrashuvlar oʻtkaziladi.

