“Formula 1” 1993-yildan beri ilk bor Afrikaga qaytadi
2030-yillardan boshlab Ruandada Afrika Gran-prisi boʻlib oʻtadi — uch oʻn yildan buyon oʻtkaziladigan ilk poyga, deya xabar berdi Formula 1.

Formula 1 Ruanda bilan Afrika Gran-prisini oʻtkazish boʻyicha 10 yillik kelishuv tuzdi. Poygalarni 2030-yillarning boshida boshlash rejalashtirilmoqda. Bu chempionatning qitʼaga 1993-yildan beri ilk bor qaytishi boʻladi: oʻsha paytda Afrikadagi soʻnggi bosqich Janubiy Afrikada oʻtkazilgan.
Musobaqalarni oʻtkazish uchun poytaxt Kigali shahridan taxminan 40 km uzoqlikdagi Bugesera hududida FIA Grade 1 standartlariga javob beradigan yangi trassa quriladi. U poytaxt Kigali shahridan 40 km uzoqlikda, yangi xalqaro aeroport yaqinida joylashadi. Poygalardan tashqari, majmua yil davomida yirik tadbirlar, konferensiyalar va koʻngilochar tadbirlarga mezbonlik qila oladi.
Ruanda xalqaro tadbirlar sohasini faol rivojlantirmoqda: mamlakatda allaqachon shosse velosporti boʻyicha jahon chempionati, Basketbol Afrika ligasi oʻyinlari va FIFA kongressi oʻtkazilgan.
Formula 1 prezidenti va bosh ijrochi direktori Stefano Domenicali kelishuvni chempionat uchun tarixiy voqea deb atadi. Ruanda prezidenti Paul Kagame loyihaning uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanishga erishish, ish oʻrinlari yaratish, investitsiyalarni jalb etish va sayyohlar oqimini oshirishga qaratilganini taʼkidladi.

